23:25 / 26.04.2018
6492

Nigeriya prezidenti AQShdan samolyotlar sotib olgani uchun impichment qilinmoqchi 

Foto: AP Photo / Andrew Harnik

Nigeriya milliy assambleyasining bir qator senatorlari mamlakat prezidenti Muhammadu Buxoriyga qonun chiqaruvchilar roziligisiz AQShdan samolyotlar sotib olish uchun 496 mln dollar miqdoridagi davlat mablag‘larini ajratgani uchun impichment e'lon qilishga chaqirishdi. Bu haqda Premium Times nashri xabar berdi. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bunga Edo shtatidan senator Metyu Urogide chaqirgan. Uning aytishicha, prezidentning qarori konstitutsiyaning buzilishi hisoblanadi va shu sababli Buxoriy o‘z harakatlari uchun javob berishi kerak. Buxoriyning ta'kidlashicha, u milliy assambleya bu xaridni ma'qullashiga shubha qilmagani sababli davlat mablag‘larini ajratishni ma'qullagan.

“Men senat e'tiborini mamlakat xavfsizligi sohasidagi favqulodda hodisalarga qaratishni istayman. Bu chaqiriqlarni shtatlar gubernatorlari, so‘ngra milliy iqtisodiy kengash yig‘ilishida muhokama qilganmiz. Yig‘ilishda xavfsizlik masalalarini hal qilish uchun zaxira fondidan bir milliard dollargacha mablag‘ olish va qo‘llashga ruxsat beruvchi rezolyutsiya ma'qullangandi”, deb aytgan Buxoriy. 

Mavzuga oid
Top