10:55 / 27.04.2018
12176

AQSh BMTda uning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlamaydigan davlatlar ro‘yxatini tuzdi

Foto: Reuters

AQSh BMT Bosh assambleyasida uning pozitsiyasiga mos ovoz beruvchi va ko‘p hollarda AQSh qarashlariga qarshi chiquvchi davlatlar ro‘yxatini tuzdi.

AQSh davlat departamenti dokladiga ko‘ra, 2017 yilda BMT Bosh assambleyasida 93 ta rezolyutsiya loyihasi ko‘rib chiqilgan. 31 foiz holatda Bosh assambleyaga a'zo davlatlar AQSh kabi ovoz bergan, bu 2016 yildagi ko‘rsatkichdan 10 foiz karoqdir. AQSh bunday dokladni 34 yildan beri chiqarib keladi.

AQSh bilan qarashlari mos kelgan o‘nta davlatga Isroil, Mikroneziya, Kanada, Marshall orollari, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Palau, Ukraina, Chexiya kirgan. AQSh bilan qarashlari maksimal mos kelmagan davlatlar ro‘yxatiga Zimbabve, Burundi, Eron, Suriya, Venesuela, Shimoliy Koreya, Turkmaniston, Kuba, Boliviya va JAR kirgan.

“AQSh xalqi BMT byudjyetining 22 foizini, ya'ni undan keyin keluvchi 3 ta donor davlatning umumiy badalidan ko‘proq to‘laydi. Shunday saxiylikka qaramay, BMTdagi davlatlar bizdek 31 foiz holatdagina ovoz bergan. Bu 2016 yildan beri eng past ko‘rsatkichdir”, deb aytilgan AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli bayonotida. Xeyli bu holatni “bizning investitsiyalarga maqbul bo‘lmagan munosabatdir” deb aytgan.

 

Top