Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiya bilan aviaqatnovlar masalasini muhokama qilishga tayyor
AQSh davlat kotibining iqtisodiy va ishbilarmonlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Manisha Singxning ma'lum qilishicha, idora Rossiya bilan aviaqatnovlar bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazishga tayyor. Bunda Amerika aviatashuvchilari tomonidan Rossiya havo hududini kesib o‘tish masalasi muhokama qilinadi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Singxning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya to‘rtta parvozlar yo‘nalishining uchtasini tiklashga rozi bo‘lgan. AQSh yuk tashuvchilari to‘rtinchi yo‘nalish bo‘yicha aviaqatnov yo‘qligi tufayli nisbatan qimmatroq parvoz yo‘lidan foydalanishga majbur bo‘lyapti.
«Yuk tashuvchilari bu ular uchun qiyinchilik ekanini biladi, hamda biz bu masalaga imkon qadar tezroq yechim topishga harakat qilmoqdamiz», - deya aytib o‘tdi Davlat departamenti vakili.
Singxning shuningdek ta'kidlashicha, AQSh hukumati may oyida Rossiya tomoni bilan ushbu masala bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV AQSh bilan aviaqatnov to‘xtatilishi mumkinligini bildirgandi.
Mavzuga oid
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
18:45 / 27.06.2026