Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pashinyan nomzodini uchta partiya qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi
Foto: Reuters/Gleb Garanich
Armanistonning “Yelk” va “Gullayotgan Armaniston” partiyalari ortidan “Dashnaktsutyun” partiyasi muxolifatchi Nikol Pashinyan nomzodini mamlakat bosh vaziri lavozimiga ilgari surishni qo‘llab-quvvatladi. Hukmron partiya o‘z nomzodini taklif qilishdan bosh tortgan.
Parlamentda 105 ta o‘rindan 7 ta o‘ringa ega “Dashnaktsutyun” va 31 ta o‘ringa ega “Gullayotgan Armaniston” partiyalari bosh vazir lavozimiga ovoz berishda Pashinyanga ovoz berishga qaror qildi.
Pashinyan nomzodi bosh vazir saylovlariga “Yelk” fraksiyasi tomonidan ilgari surildi. “Yelk” parlamentda 9 ta o‘ringa ega. Shu tariqa, muxolifatdan 47 ta (7+31+9) ovoz bor, bosh vazir etib saylash uchun 53 ta ovoz lozim.
Pashinyan yetmayotgan ovozlarni olishga muvaffaq bo‘lishini aytgan. Agar Pashinyan bosh vazir lavozimiga tasdiqlanmasa, unda muxolifatchilar “javob qadami ko‘rishadi”.
Mavzuga oid
14:05 / 12.02.2026
Yadroviy kelishuv va strategik sheriklik bitimi – Vensning Kavkazga tashrifi tafsilotlari
14:59 / 10.02.2026
AQSh Armanistonga Rossiyaga energetik qaramlikdan qutulish uchun 9 mlrd dollar ajratadi
08:36 / 10.02.2026
AQSh va Armaniston tinch atom bo‘yicha hamkorlikni boshladi
22:04 / 05.02.2026