Jahon | 16:02 / 02.05.2018
3574
1 daqiqa o‘qiladi

Makron: Tramp Eron bilan yadro kelishuvi bo‘yicha qanday qarorga kelishini bilmayman

Foto: Kevin Lamarque/Reuters

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning ma'lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan yadro kelishuvi bo‘yicha qanday qarorni qabul qilishini bilmaydi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Men AQSh prezidenti 12 may kuni g‘arb mamlakatlari Eron bilan yadro kelishuvini uzaytiradigan kunda] qanday qarorga kelishini bilmayman», - deya aytib o‘tdi Makron Fransiya bosh vaziri bilan uchrashuvdan so‘ng.

Shuningdek, Fransiya rahbari Parijda 1 may kuni namoyishlar o‘tkazgan anarxistlar xatti-harakatini qoraladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq MRB sobiq direktori AQSh Eronda harbiy yadroviy dastur to‘xtatilganini 10 yil avval bilgani haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid