Amerika razvedkasi 2007 yildayoq Eron yadro quroli yaratiş dasturini töxtatgani haqidagi xulosaga kelgan. Bu haqda AQŞ MRB va Milliy xavfsizlik agentligi sobiq direktori Maykl Xeyden CNN telekompaniyasiga bergan intervyusida aytib ötdi.
"Biz 2007 yildayoq milliy razvedka hisobotini tayyorlaganmiz, unda eronliklar yadro dasturining qurol yaratişga aloqador bölgan qismini töxtatgani haqida söz yuritilgan, - deya ta'kidlab ötdi u. – Raketa dasturi davom etgan, sentrifuga işlaşdan töxtamagan, biroq ular yadro qurolini yaratişni 2003 yilda töxtatib qöyişgan".
"Biz bunday xulosaga ma'lumot yöqligidan emas, balki bunday faoliyat tasdiqlanmagani asosida keldik", - deya aniqlik kiritdi u. Uning qöşimça qilişiça, Eron ma'lum bir imkoniyatlarni özi uçun saqlab qoliş maqsadida "qandaydir tadqiqotlarni davom ettirgan".
Uning sözlariga köra, Isroil tomonidan olingan va boş vazir Binyamin Netanyahu söz oçgan hujjatlar "biz bilgan va haqiqatdan ham bor bölgan asosiy syujyet haqida köproq ma'lumotgadir".
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Erondagi yadro dasturi böyiça Isroil hujjatlari haqiqiy ekani haqida ma'lum qilgandi.

















