02:10 / 05.05.2018
19759

Futbolchi o‘yin vaqtida chaqmoq urishidan keyin o‘ziga kelmay hayotdan ko‘z yumdi

Foto: Foto: maritzburgunited.co.za

JARning “Maritsburg Yunayted” klubi  futbolchisi Luanda Ntsxangase futbol uchrashuvi vaqtida chaqmoq urgandan keyin 2 oy o‘tib shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda klub ma'lum qildi. 

Voqea 1 mart kuni o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida yuz bergan. 21 yoshli hujumchi chaqmoq urgandan keyin shifoxonaga yetkazilgan va komaga kiritilgan. Chaqmoq, shuningdek, yana ikki boshqa futbolchiga ham tekkan, biroq ular yengil jarohatlar olishgan.

“Biz Luanda, katta salohiyatga ega ajoyib o‘yinchining o‘limidan qattiq qayg‘udamiz. “Maritsburg Yunayted” klubi nomidan Ntsxangasening oilasiga ta'ziya bildiramiz”, deb aytilgan klub raisining bayonotida.

Mavzuga oid
Top