Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
30 yilga yaqin qidiruvda bo‘lgan serbiyalik Ruminiyada qo‘lga olindi
1991 yilda genotsid sodir etishda gumon qilinib, Interpol tomonidan 30 yilga yaqin qidirilgan serbiyalik Stevan B. Ruminiyada qo‘lga olindi. Bu haqda Ruminiyaning Yassi shahri politsiyasi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, serbiyalik Galats portidagi chegaradan o‘tkazish punktida 5 may kuni ushlangan. Uni hibsga olishga order Xorvatiya sudi tomonidan berilgan.
Ta'kidlanishicha, qo‘lga olingan gumonlanuvchi 1991-1995 yillarda qurollangan guruh a'zosi sifatida xorvatlar va vengrlarga qarshi terrorchilik harakatlarida ishtirok etgan.
Mavzuga oid
09:15 / 26.06.2026
Rossiya Ruminiyaga javob chorasi sifatida konsullikni yopmoqda
08:52 / 25.06.2026
Ruminiyada Moldova bilan birlashish bo‘yicha qonun loyihasi yangi bosqichga o‘tdi
08:35 / 06.06.2026
Serbiyada og‘ir vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
15:00 / 03.06.2026