Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umurtqadagi o‘simta ilk bor robot yordamida olib tashlandi
AQShning Pensilvaniya universiteti olimlari robot yordamida umurtqadan o‘simtani olib tashlash bo‘yicha dunyodagi ilk operatsiyani o‘tkazishdi. Bu haqda Penn Medicine News portali ma'lum qildi.
Operatsiya kam uchraydigan xordoma o‘simtasi borligi aniqlangan 27 yoshli erkakka talab etilgan. Bu o‘simtani olib tashlash juda katta aniqlikni talab qiladi – agar o‘simta to‘liq olib tashlanmasa, u jadal rivojlanib, oxir-oqibatda falajlikka olib kelishi mumkin.
Shifokorlar operatsiyani bajarishda robotqo‘lni qo‘llashga qaror qilishgan. Operatsiya 3 bosqichda o‘tkazilgan – shikastlangan umurtqa bo‘laklarini olib tashlash, o‘simtani olib tashlash va sonning qismi yordamida umurtqalarni tiklash.
Operatsiya 20 soatga yaqin vaqt olgan. Avvallari robotqo‘llar yumshoq to‘qimalarni operatsiya qilish vaqtida qo‘llangan. Ta'kidlanishicha, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan va bemor normal hayotga qayta olgan.
Mavzuga oid
19:40 / 31.05.2026
Tokio ko‘rgazmasida ignadan ip o‘tkaza oladigan robot namoyish etildi
17:10 / 23.04.2026
Ukrainaning qotil robotlari: jang maydoni endi avvalgidek emasmi?
07:34 / 31.03.2026
Insonga o‘xshash yuz ifodasi: Xitoy robototexnikasi yangi bosqichga chiqdi
07:35 / 23.03.2026