Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
9 may kuni Samarqand shahrining qaysi ko‘chalarida transport harakati cheklanishi ma'lum qilindi

9 may — Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayrami munosabati bilan Samarqand shahrida bayram tadbirlari o‘tkaziladigan hududlarda jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida shu kuni shaharning ayrim ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Kun.uz’ga Samarqand viloyat IIB YHXB axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Bizga yetkazilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 9 may kuni soat 08:00 dan 13:00 gacha shaharning quyidagi ko‘chalarida transport harakati cheklanadi:
- Registon ko‘chasining Registon maydonidan Amir Temur haykali oldidagi maydongacha bo‘lgan qismida;
- Amir Temur haykali oldidagi maydondan Hamid Olimjon nomidagi viloyat musiqali drama teatri oldidagi maydongacha — Ko‘ksaroy maydonigacha;
- Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Ko‘ksaroy maydonigacha bo‘lgan qismida;
- Universitet xiyoboni ko‘chasida;
- G-34 yo‘lining Universitet xiyobonidan Muqimiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
- Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Amir Temur ko‘chasigacha bo‘lgan qismida.
Mavzuga oid
16:17 / 01.05.2025
Toshkentda Xotira kuniga bag‘ishlab 2000 kishi ishtirokida marafon o‘tkaziladi
20:36 / 19.02.2025
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda «Xotira va qadrlash kuni» keng miqyosda nishonlanadi
23:58 / 09.05.2023
U tobora uzoqlashmoqda: nega sobiq sovet davlatlari g‘alaba kunini keng nishonlamay qo‘yishdi?
15:35 / 09.05.2023