Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda ichki ishlar organlarining xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlari oilalaridan xabar olindi
9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati ichki ishlar idoralarida xizmat qilib, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashib, beqiyos matonat va jasorat namunasini namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan xodimlarining oilalaridan xabar olindi, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga boshqarma matbuot xizmati.
Boshqarma rahbariyati xalqi va vatani oldida matonat ko‘rsatgan, yurtimiz tinchligiga rahna solgan terrorchilar harakatida halok bo‘lgan xodimlar — marhum katta leytenantlar Sherali Aytuganov, Shavkat Doniyorov, Muhiddin Amonov, kichik leytenant Aliqul Safarov, safdor Salohiddin Bekmurodov, Xidirali Ro‘ziboyev, Abzoir Tursinov, Safarali Choriyev kabi mard o‘g‘lonlarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning oila a'zolari, farzandlari holidan xabar olinib, ularga boshqarmaning ro‘zg‘or uchun kerakli bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va sovg‘alari ulashildi.
O‘tganlar ruhi yodga olinib, ularning haqqiga duolar o‘qildi.
Mavzuga oid
18:28 / 20.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin yaratgan o‘rmonzor "Dendrologiya bog‘i"ga aylantiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
18:00 / 12.06.2026
Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘ldi
20:37 / 03.06.2026