Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruhoniy Eron uranni boyitishni qayta boshlashga tayyorligini ma'lum qildi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy eronlik yadrochilarga zarurat bo‘lgan vaqtda uranni boyitishni qayta boshlashga tayyor turishni buyurdi.
“Men Atom energetikasi tashkilotiga zarurat bo‘lganda cheklanmagan miqdorda uranni boyitishni boshlashimizni buyurdim”, deb aytgan Ruhoniy AQShning Eron yadroviy kelishuvini tark etganiga javoban.
Ruhoniy, shuningdek, tashqi ishlar vazirligiga bir necha hafta ichida yadroviy kelishuvning qolgan a'zolari, ya'ni Yevropa davlatlari, Rossiya va Xitoy bilan muzokaralar o‘tkazish topshirig‘ini bergan.
AQSh prezidenti Donald Tramp 8 may kuni AQShning Eron yadroviy kelishuvidan chiqishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
13:06
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
20:23 / 27.06.2026
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40 / 27.06.2026
46 ta davlat uchun terroristik tashkilot – Eron islom inqilobi muhofizlar korpusi qanday tuzilma?
09:18 / 27.06.2026