Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR hukumati amerikalik asirlarni Trampning iltimosi bilan qo‘yib yubordi
Foto: CNN
KXDR hukumati amerikalik uch nafar asirni Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning iltimosiga ko‘ra qo‘yib yuborishga qaror qilgan. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar bermoqda.
«Kim Chen In AQSh prezidentining KXDRda hukumatga qarshi faoliyat uchun qo‘lga olingan amerikalik fuqarolarni qo‘yib yuborish to‘g‘risidagi rasmiy taklifini qabul qildi va KXDR Davlat kengashi raisiga ularga repatriatsiyasi uchun amnistiyani kafolatlash haqida buyruq berdi», - deyiladi agentlik saytida.
Shuningdek ta'kidlanishicha, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuvida ikki davlatning bo‘lajak sammitiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha «ijobiy» natijalarga erishilgan. Kutilishicha, u yaqin haftalar ichida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pompeo KXDRdan amerikalik uch asirni olib ketishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:03 / 15.12.2025
Prokuror: Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi bo‘lgan
12:24 / 18.11.2025
KXDR: Seul uchun suvosti kemalari mintaqada "yadroviy domino"ni keltirib chiqaradi
18:21 / 10.11.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti KXDRga sheriklikda ayblandi
10:50 / 05.11.2025