KXDR hukumati AQŞning uç nafar fuqarosini ozod etişga qaror qildi, ular mamlakatni davlat kotibi Mayk Pompeo bilan birgalikda tark etadi. Bu haqda «Ryonxap» agentligi Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyatidagi manbaga asosan xabar bermoqda.
«Biz Pompeo Kim Çen In va AQŞ prezidenti Donald Trampning özaro uçraşuvi sanasi, vaqti hamda uç nafar asirni özi bilan olib kelişini kutyapmiz», - deya aytib ötgan öz nomini oşkor qilmagan manba.
Avvalroq, AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Şimoliy Koreyaga muzokaralar ötkazgani kelgani xabar berilgandi. Bu uçraşuv Pompeo va Kim Çen Inning sönggi olti hafta içidagi ikkinçi suhbatiga aylanadi. Kutilişiça, siyosatçilar Kim Çen In va prezident Trampning bölajak muzokaralarini muhokama etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kim Çen In Xitoyda Si Tszinpin bilan uçraşgani xabar qilingandi.












