Jahon | 12:53 / 12.05.2018
13031
1 daqiqa o‘qiladi

«Ruslar tajovuzkorligi sabab» - Germaniya Boltiqbo‘yida o‘z harbiylarini qoldiradi

Foto: kam.lt

Germaniya TIV rahbari Xayko Maasning ma'lum qilishicha, bundesver askarlari NATOning Boltiqbo‘yidagi missiyasi tarkibida qoladi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

Maas Latviya, Estoniya va Litvadan bo‘lgan hamkasblari bilan uchrashuvda ta'kidlashicha, nemis harbiylari «ruslar tajovuzkorligini» tiyib turish uchun qoldiriladi.

«Biroq, biz uchun harbiy ishtirokni kengaytirish masalasi hozircha kun tartibida yo‘q», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan vazir.

Ta'kidlanishicha, uch davlat hukumati Germaniyadan yanada ko‘proq harbiy qo‘llab-quvvatlov talab qilish niyatida. Latviya, Estoniya va Litva vakillari Maas bilan uchrashuvda gap nima haqida ketayotganini ham bildirishgan: Boltiqbo‘yi mamlakatlari havo hujumidan mudofaa tizimining mustahkamlanishi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat sharqida rossiyalik 10 ming askar borligini ma'lum qilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid