Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li tomonidan yozilgan yangi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Bugun, 14 may kuni Shayx Zayniddin jome masjidi majlislar zalida ilm-ma'rifat muxlislari intiqib kutgan ziyo anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjuman ustoz Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining “Kamtarlik va kibr” va “Ezgulik kushandasi” nomli yangi kitoblari taqdimotiga bag‘ishlandi. Tadbirda taniqli ulamolar, imom-xatiblar, ilm-ma'rifat muxlislari qatnashdi.



Anjuman muqaddas Qur'oni karim tilovati bilan boshlandi. Dastlab, O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakili Jaloliddin Nuriddinov kirish so‘zi bilan ochib, Usmonxon Alimovning tabriklarini yetkazdi va mamlakatimizda din rivoji yo‘lida olib borilayotgan islohatlar, kitob mutolaasining tobora kuchayib borayotgani xususida so‘zladi. Shuningdek, “Kamtarlik va kibr” va “Ezgulik kushandasi” kitoblari haqida fikr-mulohazalarini bildirdi. Mazkur asar kibr va manmanlik urchigan, ortiqcha hoyu havasga mukkasidan ketganlar, ezgulik ildiziga bolta uruvchilar bir oz ko‘paygan bir davrda g‘oyatda dolzarb ekanini ta'kidlab, “Avvalo oilaviy mutolaa qilishni tavsiya qilaman”, dedi.


Qolaversa, anjumanda ustoz Abdulloh Ismoil domla, Toshkent islom instuti rektori Uyg‘un G‘ofurov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidlar bo‘limi mudiri Rahimberdi Rahmonov va boshqalar so‘zga chiqib, ilm-ma'rifat hamda kitobning inson kamolotidagi muhim o‘rni haqida so‘zladilar.

Ma'lumot o‘rnida aytish kerakki, Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li “Ozodalik imonning go‘zal bahosi”, “Masjid odoblari”, “Ro‘za tutish odoblari”, “Haj manosiklari”, “Isrofdan saqlanaylik”, “Mehr-oqibat jannat garovidir”, “Tubanlik girdobi”, “Qo‘shnichilik haqlari va odoblari”, “Jannat kaliti”, “Keng rizq va baraka omillari”, “Tajvid qoidalari” nomli kitob va risolalar, audio-video albomlar muallifidir.




Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining “Kamtarlik va kibr” va “Ezgulik kushandasi” nomli yangi kitoblari poytaxtimizdagi kitob do‘konlaridan, shuningdek, Shayx Zayniddin jome masjidi kitob do‘konidan xarid qilishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil Eronni jilovlash bo‘yicha yanada keskin siyosat boshlanganini e’lon qildi
Jahon | 23:02
-
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:00
-
Detroytda vertolyotdan pul sochildi
Jahon | 22:29
-
Germaniyada Ukrainaga ajratilgan qariyb 1 milliard yevro yordam yo‘qolib qoldi – OAV
Jahon | 22:20
Mavzuga oid

20:47 / 22.05.2025
AQSh gazetasi SI tomonidan o‘ylab topilgan soxta kitoblar ro‘yxatini chop etdi

08:55 / 19.04.2025
Turkiyadan kelgan fuqarodan 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi

12:19 / 12.03.2025
Nyu-Jyersidagi kutubxonadan 99 yil avval olingan kitob qaytarildi

10:29 / 06.02.2025