Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyada «Novichok» ishlab chiqarilgan ITI direktori ishdan bo‘shatildi
Chexiya Mudofaa vazirligi rahbari Karla Shlextova Brno shahridagi harbiy ilmiy-tadqiqot instituti (ITI) direktori Boguslav Shafarjani ishdan bo‘shatdi. Aynan shu institutda Buyuk Britaniyada GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlashda qo‘llanilgan gaz turi ishlab chiqarilgan hamda sinovdan o‘tkazilgan. Bu haqda mahkama saytida xabar berildi.
Ta'kidlanishicha, Shafarja davlat korxonasi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq lavozimidan ozod etilgan. Unga «uzoq yillik mehnati» uchun minnatdorlik ham izhor etishgan.
Shu bilan birga, sobiq direktor ilmiy-tadqiqot instituti xodimi bo‘lib qoladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada «Novichok» moddasi yaratuvchilaridan birini mashina urib ketgani xabar qilingandi.