Rossiyaning Anapa şahri yaqinida avtomobil piyodalar ötiş yölagida «Noviçok» asab-falajlovçi modda yaratuvçilaridan biri Vladimir Uglevni urib ketdi. Bu haqda «Kubanskiye novosti» xabar tarqatdi.
Ta'kidlanişiça, hodisa 24 aprel kuni Anapa yaqinidagi Çemburka xutori yonida yuz bergan. 71 yoşli erkakning özi şifoxonaga murojaat qilgan.
Uning sözlariga köra, yöl-transport hodisasi tufayli u maşina kapoti ustiga otilib ketgan, şu sababdan old oyna singan.
Xabar berilişiça, Uglev «Noviçok» asab-falajlovçi zaharlovçi moddani işlab çiqqan guruh tarkibida bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq «Noviçok» zaharli moddasining yaratuvçilaridan biri sifatida e'tirof etiladigan kimyogar Vil Mirzayanov Skripalni zaharlaşda bu moddadan foydalanişgani ahmoqlik bölgani haqida ma'lum qilgandi.

















