Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rahmon va Lukashenko Tojikistonda yangi qo‘shma korxonani ochdi
Bugun Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Hisor shahrida traktor yig‘ish qo‘shma korxonasi - traktorlar va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarini yig‘ish bo‘yicha «Agrotexservis» yopiq aksiyadorlik jamiyatining birinchi bosqichini ishga tushirdi.
Korxonada har yili turli markadagi 620ta traktor va qishloq xo‘jaligining boshqa uskunalari yig‘iladi. Uning ikkinchi bosqichini 2018 yil sentabrida ishga tushirish mo‘ljallangan, shunda bu ko‘rsatkich 1700 donaga yetadi. Bu haqda Tojikiston yetakchisi matbuot xizmati xabar bergan.
Kelajakda tirkamalar va boshqa qishloq xo‘jalik texnikalarining yillik ishlab chiqarish hajmi 2600 donani tashkil etadi, ish o‘rinlari soni oshadi.
Hozirgi kunda «Agrotexservis» YoAJda 50dan ortiq mahalliy mutaxassislar doimiy ish joyi va yaxshi maosh bilan ta'minlangan. Shu bilan birga, ushbu korxonada traktor va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish bo‘yicha yirik kompaniyalar xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Kelgusida ushbu korxonadan traktorlar va qishloq xo‘jaligi texnikasi mintaqa mamlakatlariga, shu jumladan, Afg‘onistonga eksport qilinadi. Bu ishlab chiqarishni ko‘paytirish va yangi ish joylarini yaratishda muhim rol o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus Tojikiston va O‘zbekistonga taklif bilan chiqqani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:35 / 13.03.2026
XJS Lukashenko tanqidchilarining Belarusdan chiqarib yuborilishini tergov qilmoqda
17:51 / 09.03.2026
Lukashenko Belarus o‘zbekistonlik migrantlardan mamnun ekanini aytdi
20:55 / 17.02.2026
Bosh vazir Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi
09:57 / 17.02.2026