Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda iste'mol tovarlari mintaqaga nisbatan qimmatlamoqda
Foto: Fotolia
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida iste'mol tovarlari narxining o‘sib borish holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi sobiq Sovet ittifoqi davlatlari ichida birinchi o‘rinda qayd etildi.
BelPAN tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, shu yilning birinchi chorak davri va aprel oyida O‘zbekistondagi iste'mol tovarlariga belgilangan narxlar 5,8 foizga qimmatlagan. Ushbu mezon bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Ukraina (4,4 foiz), uchinchi o‘rinda esa Belarus (2,8 foiz) qayd etilgan.
Turkmaniston bo‘yicha aniq ma'lumot mavjud emas, biroq Tojikiston iste'mol tovarlari narxi 0,2 foizga arzonlagani aytilmoqda. Qirg‘izistonda esa vaziyat birmuncha boshqacha (0,6 foiz), Qozog‘istondagi talabga ko‘ra, narxlar 2,2 foizga o‘sgan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning birinchi choragida kuzatuvdagi tovarlar savati narxlari o‘rtacha 1 foizga oshgan.
Mavzuga oid
20:03 / 05.04.2026
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning 2 million rubl ish haqi undirib berildi
13:42 / 31.03.2026
O‘zbekistonda 2026 yil boshida qanday avtomobillar sotildi?
13:09 / 31.03.2026
2025 yilda O‘zbekistonda real ish haqining o‘sishi tezlashdi
15:37 / 25.03.2026