Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR janubiy koreyalik jurnalistlar ro‘yxatini 3-marta tasdiqlamadi
Shimoliy Koreya rahbariyati Janubiy Koreyadan bo‘lgan jurnalistlar ro‘yxatini tasdiqlashdan uchinchi marta bosh tortdi. OAV xodimlari Pungeridagi yadroviy poligonni buzish ishlarini yoritishi kerak edi, deb xabar qilmoqda «Ryonxap».
«Biz ro‘yxatni Pxanmunjom aloqa kanali orqali bugun soat 09:00 (Toshkent vaqti bilan 05:00)da topshirishga harakat qilib ko‘rdik, biroq KXDR uni qabul qilishdan bosh tortdi», - deya ma'lum qilgan Janubiy Koreyaning Milliy birlashuv ishlari bo‘yicha vazirligi vakili.
Shuningdek, u janubiy koreyalik jurnalistlarga kirish uchun ruxsatnoma olishga xalaqit berayotgan qiyinchiliklar tufayli afsusda ekanini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens AQSh KXDRga nisbatan hech qachon harbiy variantni istisno etmagani haqida aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:26 / 06.05.2026