Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Kuba rahbariga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuba Respublikasining Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashi raisi Migel Mario Dias-Kanel Bermudesga Kubada yo‘lovchi samolyotining halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lganligi munosabati bilan maktub yo‘lladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
«Kuba xalqi uchun ushbu qayg‘uli kunda samimiy ta'ziyamni qabul qilishni va halok bo‘lganlarning oila a'zolari hamda yaqinlariga hamdardlik va dalda so‘zlarini, shuningdek, jarohatlanganlarga tezda sog‘ayishlari tilagini yetkazishni so‘rayman», - deyiladi davlat rahbari maktubida.
Samolyot 18 may kuni Gavanadagi aeroportdan ko‘tarilishi bilanoq halokatga uchragan. U Olginga uchayotgan bo‘lib, bortida 104 yo‘lovchi va ekipaj a'zolari bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kubada uch kunlik motam e'lon qilingani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:01 / 07.07.2026
Kubada yana umummilliy elektr uzilishi yuz berdi
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
20:15 / 19.06.2026
Kuba parlamenti 65 yil ichidagi eng yirik iqtisodiy xususiylashtirishni ma’qulladi
10:10 / 12.06.2026