20:27 / 23.05.2018
4327

Yevrokomissiya plastikni ko‘proq qayta ishlanuvchan qilmoqchi

Foto: AFP 2018 / Fred Dufour

Yevropa ittifoqi plastikdan foydalanishdan voz kechmoqchi emas, biroq Yevrokomissiya o‘z oldiga uni ko‘proq qayta ishlanuvchan qilishni maqsad qilib qo‘ygan. Bu haqda Yevrokomissiya vitse-prezidenti Yurki Kataynen tvitterida aytilgan.

Avvalroq Yevrokomissiya plastik bo‘yicha strategiyasini taqdim qilgandi. Uning maqsadi plastikdan foydalanishni qisqartirish, jumladan u bilan dengiz va okeanlarning ifloslanishini kamaytirishdan iborat. Chunki bu nafaqat dengiz jonzotlari va dengizdagi hayot, balki odamlar uchun ham jiddiy muammo hisoblanadi.

“Biz plastikdan voz kechmoqchi emasmiz”, deb yozgan Kataynen.

Uning ta'kidlashicha, ayni vaqtda plastik upakovkaning aksariyat qismi bir marta ishlatiladi. “Bu yiliga 105 mlrd yevrogacha yo‘qotishni anglatadi. Biz buni o‘zimizga ep ko‘rolmaymiz”, deb qo‘shimcha qilgan Kataynen.

Xabarda aytilishicha, Yevrokomissiya plastikdan bir marotaba foydalanishni kamaytirmoqchi.

Top