Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YHX xodimlari xizmatini baholash mezonlari ishlab chiqiladi
O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi va joriy etiladi. Bu 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash konsepsiyasini 2018-2019 yillarda amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"da nazarda tutilgan.
Xususan, 2018 yil oktabr oyiga qadar xodimlarning xizmat faoliyati natijalarini baholash tartibi va mezonlarini nazarda tutadigan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi.
Unga ko‘ra:
DYHXX xodimlari huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika tadbirlarini amalga oshirish, yo‘l harakati ishtirokchilariga murojaat qilish madaniyatiga rioya qilish, biriktirilgan sektorlarda yo‘l-transport hodisalariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha erishgan natijalari asosida rag‘batlantiriladi;
DYHXX xodimlariga nisbatan yo‘l-transport hodisalarini bartaraf etish bo‘yicha kerakli chora-tadbirlarni ko‘rmaslik natijasida o‘lim bilan tugagan yo‘l-transport hodisalari sodir etilganda, shuningdek, o‘zlariga biriktirilgan sektorlar yo‘llarida transport vositalari asossiz ravishda ko‘p bo‘lganda yoki yo‘l harakati ishtirokchilariga murojaat qilish madaniyatiga rioya qilinmagan holatlar qayd etilganda choralar ko‘riladi.
Bu borada IIV. Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar mas'ul etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq piyodalarni javobgarlikka tortishning huquqiy mexanizmi takomillashtirilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
16:04 / 27.02.2026
Qurilishda hajmni yashirishga chek qo‘yish bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqildi
18:01 / 06.09.2025
Vazirliklarga «yuqoridan» ko‘rsatma kutmasdan qaror qabul qilishga ruxsat beriladi
07:02 / 04.08.2025