Jahon | 19:19 / 25.05.2018
7148
1 daqiqa o‘qiladi

YeI va NATO Rossiyaga qo‘yilgan ayblovlarni qo‘llab-quvvatladi

Foto: Postimees

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Malayziyaning Boeing MH17 layneri halokatga uchrashiga Rossiya mas'ul ekanini bildirdi. Bu haqdagi tegishli bayonot saytda joylashtirilgan.

«MH17 halokati global fojiaga aylandi, hamda aybdorlar javobgarlikka tortilishi kerak», - deyiladi xabarda.

Bunday ayblovlarga Yevroittifoq ham qo‘shilgan.

«Yevropa ittifoqi Rossiya Federatsiyasini o‘ziga mas'uliyat olish va surishtiruv bilan to‘la hamkorlik qilishga chaqiradi», - deyiladi YeI xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Rossiya MH17 halokatiga aloqador ekanini rad etib chiqqandi.

Bunga qadar Niderlandiya va Avstraliya hukumati Rossiyani Malayziyaning Boeing MH17 layneri halokatida rasman aybladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid