Niderlandiya va Avstraliya hukumati Rossiyani Malayziyaning Boeing MH17 layneri halokatida rasman aybladi. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, Rossiya samolyotning qulaşiga aloqador ekanini rad etib kelayotgan bölsa-da, Niderlandiya va Avstraliya hukumati aynan Rossiya röy bergan halokatga mas'ul ekaniga işonçi komil.
«Qöşma xalqaro jamoa xulosalaridan kelib çiqib, Niderlandiya va Avstraliya endi şunga aniq işonç hosil qildiki, Rossiya MH17’ni urib tuşirişda qöllanilgan «Buk» zenit-raketa majmuasini joylaştirganlik uçun javobgar», - deyiladi bayonotda.
Ayni damda Niderlandiya hukumati Rossiyani javobgarlikka tortiş uçun keyingi qadamlarni qöyişga tayyorlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukrainada Malayziya laynerini urib tuşirgan «Buk» Rossiyaga tegişli bölgani aniqlangandi.
AQŞ hukumati esa Rossiyani Boeing MH17 böyiça yolğon bayonotlar berişni töxtatişga çaqirdi.












