Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytişiça, Vladimir Putin xalqaro tergov guruhining Malayziya Boeinği halokati böyiça xulosalarini hali örganib çiqmadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Peskovning sözlariga köra, Rossiya prezidenti iş jadvalida böş vaqt yöqligi sababli hisobot bilan tanişib çiqmagan. Matbuot kotibidan halokat natijasida qurbon bölganlar yaqinlariga tovon pullari haqida söraşganida, u mamlakat taşqi siyosat idorasiga murojaat etişni maslahat bergan. Peskovning ta'kidlaşiça, Rossiya röy bergan holatga aloqador ekanini rad etmoqda.

«Niderlandiyada tergov guruhi tomonidan amalga oşirilgan suriştiruv öz içiga Rossiya tomonini qamrab olmadi. Ammo, u yerda Ukraina bor edi», - deya ma'lum qildi Peskov.

Uning qöşimça qilişiça, Rossiya tomoni suriştiruv natijalariga qanday darajada işonişni bilmayapti, sababi uning tölaqonli iştirokçisi bölmagan. Şu bilan birga, Rossiya barça kerakli yordamni taqdim etişga tayyorligini ma'lum qildi.

«Öşa paytda Ukraina hududida jangovar harakatlar röy bergandi. Aynan uşbu davlat öz havo hududini yopiş böyiça kerakli çoralarni körmagan», - dedi Peskov.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukrainada Malayziya laynerini urib tuşirgan «Buk» Rossiyaga tegişli bölgani aniqlangandi.

AQŞ hukumati esa Rossiyani Boeing MH17 böyiça yolğon bayonotlar berişni töxtatişga çaqirdi.

Şuningdek, Niderlandiya va Avstraliya hukumati Rossiyani Malayziyaning Boeing MH17 layneri halokatida rasman aybladi.