Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapur Tramp va Kim Chen In uchrashuvi bekor qilinganiga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images
Singapur AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning 12 iyun kuniga rejalashtirilgan shaxsiy uchrashuvi bekor qilinganidan afsusda ekanini bildirdi. Bu haqda mamlakat TIV rasmiy bayonotida aytiladi.
«Singapur AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen Inning rejalashtirilgan uchrashuvi 2018 yil 12 iyun kuni o‘tkazilmasligidan afsusda. Singapur Koreya yarim orolida tinchlik va barqarorlikka erishish bo‘yicha yo‘naltirilgan sa'y-harakatlar hamda muloqot davom ettirilishiga umid qiladi», - deyiladi bayonotda.
Avvalroq, Tramp tvitterdagi sahifasida Kim Chen In bilan uchrashuvni bekor qilishga majbur bo‘lgani haqida yozgandi. Oq uy rasmiy pozitsiyasiga ko‘ra, Shimoliy Koreya hukumati muzokaralar o‘tkazishni xohlasa, siyosiy bayonotlarini sal yumshatishi kerak.
KXDR esa AQSh bilan munosabatlarni hamon yaxshilash tarafdori ekani va Amerika rasmiylari bilan uchrashuvni istalgan vaqtda hamda istalgan shaklda o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026
Kim Chen In yana KXDRda eng oliy lavozimga saylandi
16:31 / 25.02.2026