Şimoliy Koreya TIV rahbari örinbosari Kim Ke Gvanning ma'lum qilişiça, KXDR hamon AQŞ bilan munosabatlarni yaxşilaş tarafdori va Amerika rasmiylari bilan uçraşuvni istalgan vaqtda hamda istalgan şaklda ötkazişga tayyor. Bu haqda «Ryonxap» agentligi xabar berdi.
«Biz AQŞ bilan muzokaralar stoliga ötirişga töla tayyor ekanimizni bildiramiz. Masalalarni istalgan vaqtda va istalgan şaklda hal etişga butunlay tayyormiz», - deya Kim Ge Gvanning sözlarini keltiradi agentlik.
Amaldorning ta'kidlaşiça, sammitni bir tomonlama bekor qiliş Şimoliy Koreya hukumatini Qöşma Ştatlar bilan munosabatlarni yaxşilaş uçun barça sa'y-harakatlarni körganlik yuzasidan fikr yuritişga undadi.
«Bizning butun dunyo va Koreya yarim orolida tinçlik hamda barqarorlik uçun barça narsani qilişga bölgan intilişimiz özgarişsiz qoladi, hamda biz AQŞga öz qarorini qayta körib çiqiş uçun vaqt va imkoniyat berişga tayyormiz», - deya xulosa qilgan Kim Ge Gvan.
Avvalroq, Tramp tvitterdagi sahifasida Kim Çen In bilan uçraşuvni bekor qilişga majbur bölgani haqida yozgandi. Oq uy rasmiy pozitsiyasiga köra, Şimoliy Koreya hukumati muzokaralar ötkazişni xohlasa, siyosiy bayonotlarini sal yumşatişi kerak.
Eslatib ötamiz, bundan avval KXDRda yadroviy poligon buzib taşlangani xabar qilingandi.













