Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri va viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritiladi
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi ichki ishlar vazirining buyrug‘i loyihasi normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida e'lon qilindi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin:
4-bandda:
birinchi xatboshisidagi “xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (bo‘linmasiga) (bundan buyon matnda XChKvaFRB deb yuritiladi)” degan so‘zlar “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (bo‘linmasiga) (bundan buyon matnda MvaFRB deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
to‘qqizinchi – o‘n birinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“turar joyni yoxud uning bir qismini ijaraga olish yoki turar joydan yoxud uning bir qismidan tekin foydalanish to‘g‘risida notarial tasdiqlangan shartnomaning nusxasi.
Agar vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaro (oila a'zolari bilan birga) turar joy mulkdorining (mulkdorlarning) yoki ushbu turar joyda doimiy yashayotgan shaxsning yaqin qarindoshi bo‘lsa, notarial tasdiqlangan turar joy yoxud uning bir qismidan tekin foydalanish shartnomasining nusxasini taqdim etish talab etilmaydi. Ushbu holatda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaroning va turar joy mulkdorining (mulkdorlarning) yoxud ushbu turar joyda doimiy yashayotgan shaxsning qarindoshligi darajasini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilishi kerak. Bunda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaroning oila a'zolari (er, xotin, shuningdek, ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari, farzandlikka olinganlari) fuqaroning oila a'zolari ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishlari kerak.
Agar vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaro Toshkent shahar va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa hududlaridan xizmat safari, mehnat ta'tili, malakasini oshirish, davolanish munosabati bilan kelgan bo‘lsa, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda notarial tasdiqlangan turar joyning yoxud uning bir qismining ijara shartnomasining yoki turar joydan yoxud uning bir qismidan tekin foydalanish shartnomasining nusxasini taqdim etish talab etilmaydi.”;
7-bandning birinchi xatboshisidagi, 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 12-bandning birinchi xatboshisidagi, 14-banddagi, 18-bandning birinchi xatboshisidagi, 20–21-bandlardagi, 23-bandning birinchi xatboshisidagi, 24-bandning birinchi – ikkinchi va yettinchi xatboshilaridagi, 26–27-bandlardagi, 28-bandning birinchi xatboshisidagi, 29-bandning birinchi – ikkinchi xatboshilaridagi, 30–33-bandlardagi hamda 1–9, 12 va 13-ilovalardagi “XChKvaFRB” qisqartmasi “MvaFRB” qisqartmasi bilan almashtiriladi.
8-bandning birinchi xatboshisidagi va 27-banddagi “XChKvaFRBning” qisqartmasi “MvaFRBning” qisqartmasi bilan almashtiriladi.
12-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 13, 17, 19, 23-bandlardagi, 29-bandning birinchi xatboshisidagi “XChKvaFRBga” qisqartmasi “MvaFRBga” qisqartmasi bilan almashtiriladi.
16-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 25-banddagi, 32-bandning uchinchi xatboshisidagi, 12 va 13-ilovalarning izohidagi “XChKvaFRBda” qisqartmasi “MvaFRBda” qisqartmasi bilan almashtiriladi.
28-bandning birinchi xatboshisidagi “XChKvaFRBlariga” qisqartmasi “XChKvaFRBlariga” qisqartmasi bilan hamda mazkur bandning ikkinchi xatboshisidagi, 31-banddagi va 33-bandning birinchi xatboshisidagi “XChKvaFRBlari” qisqartmasi “MvaFRBlari” qisqartmasi bilan almashtiriladi.
26-banddagi “Huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘limiga (bundan buyon matnda HOOB deb yuritiladi)” degan so‘zlar “Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi (bo‘linmasi, guruhi)ga (bundan buyon matnda HPB deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
28 va 29-bandlarning ikkinchi xatboshisidagi “HOOBga” qisqartmasi “HPBga” qisqartmasi bilan almashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:09 / 13.06.2026
Silk Road Finance & Technology Forum: dunyo yetakchilari Toshkentda jamlanadi
08:25 / 06.06.2026
Toshkentda uyni ikki marta sotgan aka-ukaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:49 / 04.06.2026
Toshkentda 40 ta zamonaviy AYoQSh qurish rejalashtirilmoqda
08:38 / 26.05.2026