Jahon | 11:43 / 28.05.2018
6223
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Mey Trampga shahardan tashqarida uchrashishni taklif qiladi

Foto: REUTERS

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey AQSh prezidenti Donald Trampni tashrifi vaqtida o‘zi bilan shahardan tashqaridagi qarorgohda uchrashishga ko‘ndirmoqchi.

Bunga Londonda AQSh prezidentiga qarshi yo‘naltirilgan norozilik namoyishlariga tayyorgarlik ko‘rilayotgani sabab bo‘ldi, deb yozyapti The Sun. Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, namoyishlarda o‘n mingga yaqin britaliyalik ishtirok etish xohishini bildirgan.

Meyning taklifi Oq uyga AQShdagi elchi Kim Darrok tomonidan yetkaziladi.

Shu tariqa, AQSh prezidentiga Londondagi diqqatga sazovor joylarning o‘rniga bosh vazirlar qarorgohi Chekers, Vindzor qasri va Blenxeym saroyiga tashrif buyurish taklif qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Britaniyaga 13 iyul kuni tashrif bilan kelishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid