Vazirlar Mahkamasining 22.05.2018 yildagi 383-son qarori bilan byudjyet tizimining vaqtinça böş mablağlarini tijorat banklari depozitlariga joylaştirişning yangi tartibi tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
 
Ilgari amal qilgan tartib kuçini yöqotdi. Yangi tahrir joriy etilişi bilan ta'riflanayotgan taomil qanday özgarganini körib çiqiladi.
 
Birinçidan, Moliya vazirligi Ğaznaçiligi Yagona ğazna hisobvarağidagi (keyingi örinlarda – YaĞH) vaqtinça böş mablağlarni tijorat banklari depozitlariga joylaştiriş böyiça yagona organ etib belgilandi. Ilgari bu funksiyani Moliya vazirligi bajargan. Eslatib ötamiz, YaĞHga Moliya vazirligi tomonidan boşqariladigan byudjyet tizimi byudjyetlarining barça daromadlari ötkaziladi.
 
Ikkinçidan, davlat maqsadli jamğarmalari va byudjyetdan taşqari boşqa jamğarmalarga, şuningdek byudjyet taşkilotlariga vaqtinça böş mablağlarni tijorat banklari depozitlariga özlari mustaqil joylaştiriş yoki buning uçun ğaznaçilik bölinmalariga buyurtmanomalar taqdim etiş huquqi berildi (ilgari bunday mablağlar faqat Moliya vazirligi tomonidan joylaştirilgan). Buyurtmanomada majburiy tartibda joylaştiriş hajmi va muddati (12 oygaça) körsatiladi. Bunda böş mablağlarni joylaştirişdan olingan daromadlar 2 iş kuni mobaynida töliq hajmda ularning şaxsiy ğazna hisobvaraqlariga ötkaziladi.
 
Uçinçidan, depozitlarga mablağlarni joylaştirişdan oldin endi Ğaznaçilik kelgusi çorak uçun joylaştirilişi rejalaştirilayotgan böş mablağlar hajmi töğrisidagi ma'lumotni Markaziy bankka taqdim etadi. Uşbu ma'lumotlar asosida Markaziy bank joylaştiriladigan böş mablağlarning eng yuqori hajmi va eng kam foiz stavkasini belgilaydi.
 
Törtinçidan, ularning depozitlarida böş byudjyet mablağlari joylaştirilişiga talabgor bölgan tijorat banklariga talablar ham özgardi. Endi ularning ustav kapitalida davlat uluşining mavjud bölişi muhim emas. Biroq har yillik taşqi audit ijobiy xulosasi zarur böladi. Bundan taşqari, ilgarigidek, bankda Ğaznaçilik tomonidan ilgari joylaştirilgan depozitlar böyiça muddati ötkazib yuborilgan qarzdorlikning yöqligi inobatga olinadi.
 
Beşinçidan, depozit summasiga eng yuqori daromad foizini taklif etganlar orasidan bank-ğolibni aniqlaş tartibi özgardi. Agar ilgari ustav kapitalida eng köp davlat uluşiga ega bankka ustunlik berilgan bölsa, endilikda eng manfaatli taklifni birinçi taqdim etgan bank ğolib sanaladi. Şu bilan birga joylaştiriş jarayonida inson omilini istisno qiliş uçun banklar takliflarini elektron tanlaş böyiça dasturiy mahsulot işlab çiqilmoqda.
 
Oltinçidan, vaqtinça böş mablağlarni joylaştirişdan olingan daromadlar umumiy miqdorining 20%i endi Moliya tizimini ijtimoiy rivojlantiriş va xodimlarni moddiy rağbatlantiriş jamğarmasiga yönaltiriladi.
 
Hujjat 24.05.2018 yilda kuçga kirdi.