Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonunbuzarlikda gumon qilinganlarning xorijga chiqishini vaqtincha taqiqlovchi qonun ma’qullandi
Jinoyat-protsessual kodeksi yangi bob bilan to‘ldirilishi kutilmoqda.
Foto: msk1.ru
Senatning navbatdagi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessida majburlov choralari instituti takomillashtirilayotganligi munosabati bilan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun senatorlar tomonidan muhokama qilindi.
Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga hamda «Prokuratura to‘g‘risida»gi va «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunlarga bir qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Jumladan, Jinoyat-protsessual kodeksi yangi bob bilan to‘ldirilib, unda O‘zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklab qo‘yish maqsadi va asoslari, O‘zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklab qo‘yish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish, bunday iltimosnomani ko‘rib chiqish, sud ajrimi, O‘zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklab qo‘yish yoki cheklashni rad etish kabi normalar bayon etilgan.
Bundan tashqari, «Sudlar to‘g‘risida»gi hamda «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunlarga sudlar tomonidan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish haqida iltimosnomani ko‘rib chiqish, shuningdek, prokurorlar tomonidan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish haqida iltimosnomani ko‘rib chiqish va rozi bo‘lgan taqdirda sudlarga kiritishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.
Senatorlar ta’kidlaganidek, mazkur qonun fuqarolarning huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashga, odil sudlovning sifatini yanada oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli.
Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
17:19 / 05.02.2026
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha shaxsiy rejasini taqdim etadi
16:42 / 05.02.2026
Islomiy bank faoliyatining joriy etilishiga oid qonun Senatda ma’qullandi
09:47 / 20.12.2025
Mehnat inspeksiyasi hisoboti Senatda tanqid qilindi: nazorat 32 foizga kamaygan
18:17 / 18.12.2025