Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuba yetakchisi Venesuelani qo‘llab-quvvatlashini aytdi
Kubaning yangi rahbari Migel Dias-Kanel xalqaro sanksiyalar oldida Venesuelani qo‘llab-quvvatlashini aytdi. U ilk xorijiy safarini Venesuelaga amalga oshirdi.
“Biz Amerika xalqlari Venesuelaga qarshi siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va moliyaviy imperializmga qarshi birdamlik namoyon qilamiz”, deb aytgan Dias-Kanel Karakasda.
Dias-Kanelning fikricha, g‘arb sanksiyalari Venesuelada yaqinda o‘tgan saylovlarda Nikolas Maduroning qayta prezident etib saylanganini qonuniylikdan mahrum qilish maqsadidangina iborat. Bu saylovlar natijalari ko‘p davlatlar tomonidan tan olinmayapti.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh fuqarolari va yuridik shaxslariga Venesuelaning suveren qarzi va davlat aktivlari bilan operatsiyalar o‘tkazishni taqiqlab qo‘ygandi. So‘ngra Kanada ham Venesuelaga qarshi sanktsyalar kiritgan. Shuningdek, Federika Mogerini Yevropa ittifoqi ham bu davlatga qarshi yaqin haftalarda sanksiyalar kiritishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
20:15 / 19.06.2026
Kuba parlamenti 65 yil ichidagi eng yirik iqtisodiy xususiylashtirishni ma’qulladi
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
10:10 / 12.06.2026