Jahon | 16:40 / 01.06.2018
3634
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya va KXDR yuqori darajadagi muzokaralarni tikladi

Foto: AP

Janubiy Koreya va KXDR yuqori darajadagi tinch muzokaralarni tikladi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Janubiy Koreya Birlashuv ishlari bo‘yicha vazirligining xabar qilishicha, juma, 1 may kuni, KXDRdagi Keson chegaraoldi aholi punktida aloqa punktini yaratish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, mamlakatlar 2000 yildagi muzokaralardan so‘ng imzolangan «15 iyun deklaratsiyasi»ga bag‘ishlangan qo‘shma tadbirlar tashkil etishni rejalashtirmoqda.

«Biz Shimoliy Koreya bilan muzokaralarni davom ettiramiz. Bu ikki yetakchi o‘rtasidagi kelishuvlarni kechiktirmasdan amalga oshirish, shuningdek, KXDR va AQSh yetakchilari o‘rtasidagi uchrashuvdan avval ijobiy muhitni yaratish uchun kerak», - deya ma'lum qildi Janubiy Koreya adliya vaziri Cho Myon Gyun.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Kim Chen In va Putinning uchrashuvini istisno etmagani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid