Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Xavfsiz turizm: IIV va Davlat turizm qo‘mitasi nimalarga javob beradi?
Prezidentning 1.06.2018 yildagi PF–5454-son farmonida Ichki ishlar vazirligi bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘rtasidagi mas'uliyat cheklandi.
Norma’ning yozishicha, turistlar xavfsizligini ta'minlash IIV faoliyatining alohida 11-yo‘nalishi etib belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi to‘g‘risidagi nizomga (12.04.2017 yildagi PQ–2883-son qarorga 1-ilova) tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Endi idora:
• turistik namoyish obektlari va infratuzilmalari hududlarida jamoat tartibini saqlaydi, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashni ta'minlaydi;
• turistlarni potensial tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qiladi, shuningdek huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ularga tez yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazifalarni bajarishni ta'minlaydi;
• avtomobil, temir yo‘l va havo transporti infratuzilmalarida jamoat xavfsizligini ta'minlaydi;
• turizm yo‘nalishlaridan jinoiy maqsadlar uchun foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxslarning qonunga xilof faoliyatini aniqlaydi va bartaraf etadi;
• turistlar vaqtini xavfsiz o‘tkazishlari uchun shart-sharoit yaratadi, shu jumladan umumiy ovqatlanish va dam olish joylarida, shuningdek ommaviy-madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazishda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha choralarni amalga oshiradi.
O‘z navbatida, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi quyidagilar bilan shug‘ullanadi:
• turizm yo‘nalishlari bo‘ylab hamda turistik namoyish obektlari va infratuzilmalari yaqinida yashovchi aholining turizm madaniyatini (mehmondorchilik ideologiyasini) oshirish;
• mehmonxonalar va boshqa turizm faoliyati sub'yektlarining xodimlari uchun turistlarning xavfsizligini ta'minlash, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 23.11.2017 yildagi 939-son qarori bilan Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta'minlash konsepsiyasi tasdiqlangan hamda «Xavfsiz shahar» yagona apparat-dasturiy kompleks joriy etilishi nazarda tutilgan.
Hujjat 1.06.2018 yildan kuchga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda turistlar tashrif buyurishi taqiqlangan hududlar ochilgandi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
O‘zbekiston sayyohlar oqimi o‘sishi bo‘yicha dunyo yetakchilari qatoriga kirdi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026