Jahon | 08:03 / 06.06.2018
6173
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar Britaniya bilan amirlikni qo‘riqlovchi eskadrilya tashkil etdi

Foto: Flickr / Defence Images

Qatar  va Buyuk Britaniya 2021 yil oxiridan boshlab amirlikning havo hududini himoyalashga jalb qilinadigan eskadrilya tashkil etdi. Bu haqda amirlik mudofaa vazirligining “Al-Talyaia” jurnaliga Qatar mudofaa vaziri Xolid bin Muhammad al-Attiyya ma'lum qildi. 

“Qatar va Buyuk Britaniya ikki davlat ehtiyojlari uchun qo‘llanadigan Typhoon samolyotlaridan iborat eskadrilyani tashkil etishdi. Bu eskadrilya 2021 yil oxiridan boshlab Qatarni qo‘riqlashga o‘tadi”, deb aytgan al-Attiyya.

Uning ta'kidlashicha, eskadrilyaga ikki davlat navbati bilan qo‘mondonlik qiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid