Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning siyosatiga qaramay, AQShda noqonuniy migrantlar soni oshgan
May oyida AQSh chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tmoqchi bo‘lganlar soni o‘tgan oyga nisbatan 2 mingga ko‘paydi. Bu haqda NBC telekanali Ichki xavfsizlik vazirligi ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, may oyida taxminan 40 400 kishi chegaradan noqonuniy o‘tib ketishga uringan. Bu aprel oyidagi ko‘rsatkichdan 2 mingga ko‘proq, o‘shanda AQSh chegarasidan 38 234 noqonuniy migrant o‘tishga harakat qilgan. Agarda AQShga chegara punktlari orqali o‘tib olishga uringan migrantlar soni ham hisobga olinsa, unda ularning soni taxminan 50 mingga chiqadi. Ta'kidlanishicha, bu ko‘rsatkich qatorasiga uch oydan beri shunday darajada turibdi.
Migrantlarga yordam beruvchi Amerika advokatlar uyushmasi prezidenti Devid Leopoldning telekanalga ma'lum qilishicha, bunday ma'lumotlar AQSh prezidenti Donald Trampning migrantlarga nisbatan qat'iy siyosati samarasiz ekanidan dalolat beradi.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026