22:20 / 08.06.2018
7600

«Yuventus» darvozabon sotib oldi

Foto: Yuventus FK Matbuot xizmati

«Jyenoa» darvozaboni Mattia Perin «Yuventus»ga o‘tdi. 

25 yoshli futbolchi 2022 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi, deb xabar beradi turinliklar matbuot xizmati.

«Yuventus» Perin transferi uchun 12 million yevro to‘laydi. Yana 3 million yevro bonuslar ko‘rinishida bo‘ladi.

Ma'lumot o‘rnida, Perin «Jyenoa» tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2010 yili asosiy tarkibda debyut qilgan. 

Avvalroq, «Yuventus» 40 yoshli tajribali darvozabon Janluiji Buffon bilan xayrlashgan edi.

Top