Kattaqörğon şahrida joylaşgan Abduhakimboy madrasasi va majmua tarkibidagi vayronaga aylangan masjid haqida Kun.uz tahririyatiga murojaat kelib tuşdi.
Kattaqörğonlik keksa pedagog, mehnat faxriysi Baxşillo Nasriddinovning bildirişiça, uşbu majmua qadimiy buyuk ipak yölining Kattaqörğon şahridan ötuvçi, ayni damda Samarqand — Buxoro yölining yoqasida 1905 yilda foydalanişga topşirilgan. Abduhakimboy Kattaqörğonning eng boy kişilaridan bölgan. U öz mablaği evaziga şu dargohni qurib, xalqi foydalanişi uçun topşirgan va özi mehnati samarasini körmasdan 1906 yili vafot etgan.
Qator yillar mazkur maskanda ta'lim berilgan. Sovet hokimiyati yillarida islom diniga qarşi kuraş avj olgaç, madrasa va masjidda ta'lim beriş yiğiştirilgan. Madrasa umumiy ovqatlaniş korxonasiga aylantirilgan. Masjid esa avtomobillarga texnik xizmat körsatiş ustaxonasi sifatida faoliyat körsata boşlagan.
Biroq pişiq ğiştdan, milliy me'morçiligimiz uslubida qurilgan uşbu uluğvor masjidning bunday abgor ahvolga kelib qolgani, mutasaddilarning bunga e'tiborsizligi kattaqörğonliklarni taşvişga solmoqda.

Ayni paytda masjid butkul vayronaga aylangan. Uning ostidan daraxtlar ösib çiqib, devorlarini kötarib taşlab, yorilişiga sabab bölgan. Şaharlik keksa faollardan biri — Öktam Hamroyevning aytişiça, kattaqörğonliklar haşar yöli bilan masjid hududidan 13 yuk maşinasida çiqindi va axlatlarni taşişgan.

Masjidning qadimiy usulda pişirilgan ğiştlari ayrim fuqarolar tomonidan talon-toroj ham qilinmoqda.
Madrasa hujralari esa mahalliy tadbirkorlarga bölib berilgan. Mustaqillik yillaridan söng — yaqin-yaqingaça ham bu yerda kattaqörğonliklar öz farzandlari bilan sayr qiladigan, Şarof Raşidov tomonidan asos solingan mö'jaz boğ bor edi. Biroq yaşnagan boğ bölgan madrasa hovlisi esa hozirga kelib temir-tersak va quriliş bozoriga aylantirilgan.

















