Jumladan, Madaniy meros agentligi prokuratura idoralari bilan birgalikda ötkazilgan tekşirişda respublika böyiça 108 ta madaniy meros obektida 146 ta noqonuniy qurilma borligi aniqlangan. Şulardan 13 tasi Xorazm viloyatiga töğri kelmoqda.

Örganişlar yakuniga köra, ba’zi noqonuniy qurilmalar buzilgan, ayrimlarini buzdiriş yuzasidan sudlarga da’vo arizasi kiritilgan. 26 nafar şaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Madaniy meros obektlarida taşqi reklama joylaştiriş «Reklama töğrisida»gi qonunga asosan qat’iy taqiqlangan, uşbu obektlar va ularning yondoş hududlari reklamadan xoli hudud etib belgilangan.

Biroq, joylarda mazkur qonun talabini qöpol ravişda buziş holatlari kuzatilgan. Urganç va Xiva şahrida 132 ta madaniy meros obekti örganilganda, 2 ta obektda 2 ta reklama banneri örnatilgani aniqlangan. Örganişlar davomida reklama bannerlari olib taşlanib, madaniy meros obektlari körinişi asl holatiga qaytarilgan.

Turizm va madaniy meros obektlari  infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 10 martdagi 110-sonli qaroriga köra, Madaniy meros sohasi obektlarini rivojlantirişga 117,3 mlrd söm mablağ ajratilişi rejalaştirilgan bölib, Xorazm viloyati böyiça quyidagi obektlarda restavratsiya va ta’mirlaş işlari olib boriladi:

  • Xiva şahridagi «Qibla tozaboğ» madaniy meros obektini qayta ta’mirlaş, qisman konservatsiya qiliş, muzeylaştiriş hamda turistik marşrutga kiritiş uçun kerakli infratuzilmasini yaratiş.
  • Xiva şahridagi «Ibrohimxöja madrasasi» arxeologik yodgorligini qayta ta’mirlaş va restavratsiya qiliş, tevarak-atrofini obodonlaştiriş.
  • «Said mohi röi jahon» maqbarasini qayta ta’mirlaş va restavratsiya qiliş, tevarak atrofini obodonlaştiriş.