Boş prokuratura Qaşqadaryo viloyatida joylaşgan madaniy meros obektiga zarar yetkazilgani haqida xabar qildi.

Ma’lum qilinişiça, Yakkaboğ tumanida ötkazilgan tadbirda tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ul şaxslari tomonidan madaniy meros obekti sifatida röyxatga olinib, davlat muhofazasida bölgan “Çillamazortepa” arxeologiya obektiga jiddiy ziyon yetkazilgani aniqlangan. Mazkur arxeologiya obekti VI—XII asrlarga oid hisoblanadi.

Elektriklar tomonidan transformator punktini örnatiş maqsadida yodgorlikning 3,75 m3 hajmdagi qismi noqonuniy ravişda kovlanib, madaniy meros obektiga 93 mln sömlik zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan Yakkaboğ tumani elektr ta’minoti mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.