Samarqand viloyati Kattaqörğon şahrida yaşovçi ayol çet elda bölgan eriga jahl qilib bolasini azoblagan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayev xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Kattaqörğon şahar Nurafşon mahallasida yaşovçi 1992 yilda tuğilgan ayol F.M. ayni damda çet elda bölgan eri bilan özaro kelişmovçilikka borgan.
Söng eriga jahl qilib, voyaga yetmagan farzandiga nisbatan jismoniy kuç işlatgan. Uni qiynab, azoblagan. Holat yuzasidan IIB xodimlari tomonidan tekşiruv harakatlari olib borilgan. Hozirda bolaning soğligi va ahvoli yaxşi, mutaxassislar nazoratiga olingan.
Qayd etilişiça, voyaga yetmagan farzandiga nisbatan jismoniy kuç işlatib qiynagan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynaş) 2-qismi “a” bandi hamda 112-moddasi (Öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bunday hodisa Kattaqörğon tumanida avval ham yuz bergan. 2023 yilda tumanning Andoqsoy qişloğida yaşovçi ayol Rossiyada bölgan eri bilan janjallaşgan. Söng bolasini azoblab videoga olgan va eriga yuborgandi.








