Samarqand şahrida madaniy meros obektlari röyxatiga kiritilgan uy-joyini buzgan ayolga sud hukmi öqildi.
Kun.uz tanişgan sud hujjatida keltirilişiça, 1970 yilda tuğilgan M.Yu. Samarqand şahrining Çiroqçi köçasidagi 85-uyda oila a’zolari bilan birgalikda yaşab kelgan. XIX-XX asrlarda qurilgan uşbu uy moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari milliy röyxatiga kiritilgan bölgan.
Sudlanuvçi 2023 yil 30 martda Samarqand viloyati madaniy meros boşqarmasi tomonidan uy-joyni asliça saqlaş va buzmaslik böyiça rasman ogohlantirilgan. Ammo u uyini buzib taşlab, hujjat rasmiylaştirmasdan, örnidan quriliş işlarini amalga oşirgan. Buning oqibatida esa madaniy meros obektiga 1 mlrd 79 mln söm zarar yetkazilgan.
M.Yu. sudda aybiga iqror bölib, marhum turmuş örtoğining nomida bölgan uy xaroba ahvolga kelib qolganini, uni ta’mirlaş böyiça bir neça bor tegişli taşkilotlarga murojaat qilganini, ammo amaliy yordam körsatilmaganini bildirgan. Ayol uyini moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari milliy röyxatidan çiqariş böyiça murojaat qilgan. Biroq Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy ekspert kengaşi tomonidan binoni buziş va röyxatdan çiqariş mumkin emasligi haqida xulosa berilgan.
“Doim qörqib yaşardik. 2023 yilning aprel oyida yomğir köp yoğişi oqibatida uyning old tomoni qulab tuşdi. Şundan keyin binoning qolgan qismini buzib, bino joylaşgan joyga devor kötardik hamda ikki xonali uy qura boşladik”, degan M.Yu. öz körsatmasida. Ayol qaramoğida voyaga yetmagan farzandlari borligini aytib, suddan öziga nisbatan yengillik berişni söragan.
Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudining 2024 yil 20 iyundagi hukmi bilan M.Yu. Jinoyat kodeksining 132-moddasi (Moddiy madaniy meros obektlarini nobud qiliş, buziş yoki ularga şikast yetkaziş) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazo şartli hisoblanib, 2 yil sinov muddati berilgan. Şuningdek, madaniy meros obektiga yetkazilgan 1 mlrd 79 mln söm zararni sudlanuvçidan undiriş belgilangan.
















