Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh KXDR bilan sammitdan qanday yakunni qabul qilishi aytildi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar rahbariyati Shimoliy Koreya bilan muzokaralar jarayoni yakuni sifatida faqat Koreya yarim orolining to‘la va ortga qaytarib bo‘lmas yadrosizlanishiga rozi bo‘ladi.
«Biz Shimoliy Koreya bilan diplomatik muloqot orqali erishmoqchi bo‘lgan yakuniy maqsad o‘zgarishsiz qoldi. Koreya yarim orolining butunlay, tekshiriladigan va ortga qaytarilmaydigan yadrosizlanishi - bu AQSh qabul qiladigan yagona yakun», - deya aytib o‘tdi Pompeo jurnalistlar bilan uchrashuvda.
Shuningdek, uning umid bildirishicha, sammit kelajakdagi samarali muzokaralar uchun sharoitlar yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Trampga taklif bilan chiqqani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:25
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
10:10
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026