12:23 / 11.06.2018
11023

Lavrov: AQSh ham, Rossiya ham O‘KMRBga zarar yetkazishdan manfaatdor emas

Foto: Sputnik

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Qozog‘istondagi Kollektiv xavfsizlik bo‘yicha shartnoma tashkiloti (KXShT) Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi yakunlari bo‘yicha ma'lum qilishicha, AQSh ham, Rossiya tomoni ham O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish bitimiga (O‘KMRB) zarar yetkazishdan manfaatdor emas. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Bayonot qabul qilindi. Unda bu hujjatning qo‘llab-quvvatlanishi aks etgan. Shu bilan birga, so‘nggi vaqtlarda u tahdid ostida ekani haqida fikr yuritishga sabab bo‘layotgan ba'zi vaziyatlar yuzaga kelayotgani tashvishlanarli. Bunda hech kimning manfaati yo‘q - bu bitimning asosiy ishtirokchilari bo‘lgan Rossiya va AQShning manfaatida emas. Shuningdek, jahon hamjamiyati, jumladan, KXShTga a'zo davlatlar ham manfaati yo‘q», - deya aytib o‘tdi Lavrov.

O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha bitim bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha qo‘shma bayonot tashqi siyosat idoralari vazirlari darajasidagi uchrashuv davomida qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada ko‘p martalik kosmik raketa loyihasini ishlab chiqish yakunlanayotgani xabar berilgandi.

Top