12:26 / 11.06.2018
6900

O‘g‘il o‘z onasining qimmatbaho buyumlarini tunab ketdi

Buxoro viloyati, Shofirkon tuman IIBga, “X.Orifon” MFY, Ashrafiy ko‘chasi, 14-uyda yashovchi uy bekasi Mehribon Latipova ariza orqali murojaat qilib, noma'lum shaxs uning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasida bo‘lgan bahosi 1.000.000 so‘mlik televizorini va bahosi 500.000 so‘mlik temir payvandlash apparatini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini bildirgan edi. Bu haqda Buxoro viloyati IIBB KUN.UZ’ga xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni, Mehribon Latipovaning Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, “Azizobod” MFY, Qonzurun qishlog‘ida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Umedov Ixtiyor Baxtiyorovich sodir qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Ixtiyor Umedovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi  qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi yuzasidan to‘plangan materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman Sudiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman Sudi raisi J.Jumaniyozov raisligida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida sudlanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, onasiga yetkazgan moddiy zararni to‘liq qoplaganligini bildirib, oilaviy sharoitini inobatga olib unga nisbatan qonuniy yengillik berishlarini so‘radi.

Odil sudlov tomonidan Umedov Ixtiyor Baxtiyorovichga nisbatan oylik ish haqining 10 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Top