Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: KXDRga qarshi yuzlab sanksiyalarning joriy etilishi to‘xtatildi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreyaga nisbatan 300ta pozitsiya bo‘yicha sanksiyalarni joriy etish to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Trampning KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qilishicha, unda 300ta sanksiya bo‘lgan, biroq ularni joriy etmaslikka qaror qildi, sababi unda bu «hurmatsizlik» bo‘lib ko‘rinardi.
Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar yetakchisining qayd etishicha, o‘zida sanksiyalar kiritish imkoniyatini hamon saqlab turibdi.
Seshanba, 12 iyun kuni, Singapurda AQSh - Shimoliy Koreya sammiti bo‘lib o‘tdi. Davlatlar yetakchilari Sentos orolidagi «Kapella» mehmonxonasida yakuniy hujjatni imzolashdi, uni Tramp va Kim Chen In «atroflicha», deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen Inga o‘zining limuzinini ko‘rsatgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
09:45 / 09.06.2026
Sud Trampning viza siyosatiga qarshi qaror chiqardi
10:45 / 08.06.2026
Tramp Eron bo‘yicha yangi shartlarni ochiqladi
09:30 / 08.06.2026