Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odnoklassniki ishqibozlarning strimlari va jahon chempionati yangiliklari bilan JCh-2018 ilovasini ishga tushirdi
Foto: Odnoklassniki
Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida Rossiyada 14 iyun kuni boshlanadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati to‘g‘risidagi barcha ma'lumotlar bilan ilova ishga tushirildi. Ilova yordamida foydalanuvchilar turnirni JCh-2018’ni qabul qilgan shaharlardan jonli efirga tushiradigan blogerlar ko‘zi bilan kuzatishlari, o‘yinlar natijalarini bilishlari va yetakchi sport OAVdan dolzarb yangiliklarni o‘qishlari mumkin.
Ilovaning «Maydonlardan xabarlar» sahifasida blogerlarning OK Live mobil servisi orqali yaratilgan strimlari e'lon qilinadi. Shunday qilib, OK ilovasi Rossiya va uning tashqarisidagi millionlab ishqibozlarni birlashtiradi.
«Yangiliklar» sahifasida maxsus tasma paydo bo‘ladi, undan ilova foydalanuvchilari jahon chempionatining eng so‘nggi voqealarini batafsil bilib olishlari mumkin. Yangiliklar tasmasida quyidagi yetakchi sport OAV dan kontent paydo bo‘ladi: «Sport Mail.Ru», «Chempionat.com», «Sport-Ekspress», «R-sport» va boshqalar.
Jahon chempionati o‘yinlari natijalari ilovada onlayn rejimida yangilanib turiladi. Ishqibozlar o‘yinning asosiy voqealari, jamoalar tarkibi, batafsil statistika va o‘yinning eng yorqin lavhalari aks ettirilgan videolar bilan tanishishlari mumkin.
Ilovada shuningdek, jahon chempionati ishtirokchilari, guruhdagi va pley-offdagi joriy holati, turnirning eng yaxshi to‘purarlari haqida to‘liq ma'lumotga ega bo‘lish mumkin.
Mavzuga oid
16:20 / 27.12.2023
Qashqadaryoda “Odnoklassniki.ru” saytidagi postlarga layk bosgan yigitga chora ko‘rildi
14:44 / 10.06.2023
Navoiylik keksa ayol 5 yil oldin diniy ma’ruzaga “klass” bosgani uchun 3 yilga ozodlikdan cheklandi
10:15 / 11.12.2020
«Odnoklassniki» guruhlar uchun donatlarni qabul qilish xizmatini ishga tushirdi
13:41 / 22.10.2020