O‘zbekiston | 10:11 / 13.06.2018
3310
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Konrad Adenauer fondi o‘rtasidagi hamkorlik kuchaytiriladi

Foto: DPA

2018 yilning 12 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Konrad Adenauer nomidagi fondning (Germaniya) Yevropa va xalqaro hamkorlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Frank Priss boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Muzokaralarda turli sohalardagi O‘zbekiston-Germaniya muloqotining rivojlanishi nuqtai-nazaridan O‘zbekiston va K.Adenauer nomidagi fond o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, ikki tomonlama munosabatlar, demokratiya va huquqiy davlat qurish jarayonlarini mustahkamlash va kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashishga qaratilgan mazkur Fond va uning Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy vakolatxonasining samarali faoliyati O‘zbekistonda yuqori baholanadi.

Shuningdek, yangi texnologiyalar, fan va ta'lim sohasida almashinuv, mutaxassislar amaliyoti o‘tashini tashkillashtirish kabi yo‘nalishlardagi qo‘shma loyihalarni tatbiq etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbatda Fondning Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Tomas Kuntse ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va YeI o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi yangilangan bitim bo‘yicha muzokaralar boshlanishi mumkin ekani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid